Mayli barcha sirim dushmanim bilsa, Yuzimga kulsayu ko'zimni o'ysa. Lekin qiyin ekan juda-juda ham, Qadirdon do'stlarim dushmanlik qilsa!!! Mayliga dardimni ichga yutaman,
O'zimni dardimni o'zim olaman. Dushmanimga ham do'stlik qilaman, Qadirdon do'stlarim dushmanlik qilsa!!! Bu kunlarim ham o'tib ketadi,
Dardlarim Allohga borib yetadi. Ammo qilgan ishi unitilmaydi, Qadirdon do'stlarim dushmanlik qilsa!!! Ko'nglim og'rimasdi begona bo'lsam,
Mayliga bir umr tanimay o'tsam. Afsus unitolmayman hattoki o'lsam, Qadirdon do'stlarim dushmanlik qilsa!!! O'tkan kunlarimni o'tirdim eslab,
Afsus qilayabman taqdirdan bo'zlab. Sarson bo'laman chin do'stlar izlab, Qadirdon do'stlarim dushmanlik qilsa!!! Mayliga yoshlarim yuzlarim yuvsin,
Ko'rgan dardlarim shu dardim bo'lsin. Barcha dushmanlarim ustimdan kulsin, Qadirdon do'stlarim dushmanlik qilsa!!! O'ylar edim do'stlarim juda ko'p bisyor,
Ranjimasdim dushmanim dushmanlik qilsa. Ammo bo'lar ekanman ojizu nochor, Qadirdon do'stlarim dushmanlik qilsa!!! Yig'lasa yig'laganman kulsa kulganman,
Eng yaqin do'stim deb uni bilganman. Aslida ko'rligim kechroq bilganman, Qadirdon do'stlarim dushmanlik qilsa!!!
|