Muxabbat neligin bilmasdim zinxor, Kun-u tunim oshno edi kuy-u navoga. Lekin to'satdan umrimda ilk bor, Yo'liqdim sevgi degan mushkul savdoga.
Sevib qoldim bir ajib go'zal janonni, Mayin jilmayishi meni asir etardi. Hayotimdagi har bir lahza-yu onni, Faqat u bilan birga o'tgim kelardi.
Dilim azob chekar bedor tunlardan, Sevgi otashidan kuydi yosh qalbim. Qaror qildim axiri yurak yurakdan Izxor qilay qanchalik sevib qolganim.
Ko'rib qolib kochada nogoh o'zini Yurak yutib asta oldiga bordim, U esa menga qarab, turardi kulib. Men sizni sevaman deya aytib yubordim,
Bir oz sukut cho'kdi jimlik boshlandi, Shunga osmon uzilib yerga tushdimi, Indamay turganidan ko'nglim g'ashlandi, Yoki sukut alomati rizo bo'ldimi ?
Yuragim jo'shib urar, qiynamang jonni, Ko'zlariga boqdim javob kutganday. Axir qancha kutdim bu go'zal onni, U esa imo qildi inkor etganday.
|